Toshkent viloyati Chinoz tumaniga Sherzod Salixov hokim etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u Toshkent tumani hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Chinoz tumanida bank xodimi «Har bir oila — tadbirkor» dasturi doirasida fuqarolarga ajratilgan 2 mlrd so‘mdan ortiq kredit mablag‘larini turmush o‘rtog‘i va yaqinlarining nomlariga ochilgan dehqon xo‘jaligi hisob raqamiga o‘tkazib, pullarni naqdlashtirib kelganlikda gumon qilinmoqda. U, shuningdek, 10 nafar fuqaroga ularning xabarisiz kredit ajratib, pullarni o‘zlashtirgani ma’lum qilindi.
DXX Chinoz tumanida «moliyaviy piramida» tashkil qilganlikda gumonlab, bir nafar fuqaroni hibsga oldi. U jami 12 kishidan 94 ming AQSh dollari, 394 mln so‘mlik 4 ta avtomobil va 54 bosh chorva molini olganligi aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘g‘atildi.
Chinoz tumani hokimining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari qo‘shni tumanda joylashgan fermerga qarashli sug‘oriladigan 35 gektar yerni hokimlikda ishlaydigan tanishlari orqali 90 ming dollar evaziga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lganligi aytilmoqda. Shundan 40 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan. Unga nisbatan JKning 229−6-moddasi bilan ish qo‘zg‘atildi.
Ro‘mol o‘ragan qizlarga saylov sababli ularga indashmayotgani, saylovdan keyin «qanaqadir tashkilotlar» ota-onalarini surishtirishini aytgan Chinozdagi 45-maktab direktori bu haqda hech qanday organlardan topshiriq bo‘lmaganini bildirdi. U jamoatchilik va ota-onalardan uzr so‘radi.
Prezident Chinoz tumanida Eshonobod mahallasi aholisi bilan suhbatlashdi. Davlat rahbari aytishicha, «Chinoz tumanida ishsiz bo‘lishi kerak emas. Yeri keng, odamlari mehnatkash». «O‘zgarishlarni istasak, hammamiz ongli ravishda o‘zgarishimiz kerak», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Shundan so‘ng, prezident tekstil korxonasini ham ko‘zdan kechirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting